Payshanba kuni kechqurun Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson reanimasiyani chiqdi. Hozirda u COVID-19 dan davolanishni davom ettirmoqda va kasalxonada kuchli nazoratga olingan. BU haqda tarjimon internet nashri xabar bermoqda.
55 yoshli Jonson yakshanba kuni kechqurun isitma va yo`tal bilan Sent-Tomas kasalxonasiga yotqizilgan va dushanba kuni reanimasiyaga olingan edi. Bosh vazir u erda 3 kun davolandi.
«Bosh vazir bugun kechqurun reanimasiya bo`limidan palataga olindi. U qattiq nazoratga olingan.Uning kayfiyati juda yaxshi» – dedi hukumat vakili.
Jonson dunyoda koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan birinchi rahbar bo`lib, u virus eng xavfli cho`qqisiga yaqinlashayotgan hozirgi paytda Buyuk Britaniya iqtisodiyotini nazorat qilishni tashqi ishlar vaziri Dominik Raabga topshirdi.
Raab matbuot anjumanida Britaniyada virus hali eng yuqori cho`qqisiga chiqmaganligi sababli karantin cheklovllarini tugatishga hali erta ekanligini aytgan.
Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni hozirda 7, 978 ni tashkil qilmoqda.