AsosiySalomatlik

Xushxabar: Namanganda ham to`rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog`aydi

'Xushxabar: Namanganda ham to`rt nafar bemor koronavirusdan butunlay sog`aydi'ning rasmi

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo`lgani kabi, Namangan viloyatida ham koronavirus infeksiyasiga qarshi izchil kurash olib borilyapti.  Fidoyi va vatanparvar shifokorlarimiz ularni darddan xalos qilish uchun tunu kun faoliyat ko`rsatishmoqda.

Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, bugun  viloyatdagi to`rt nafar koronavirusni yuqtirgan fuqaro butunlay sog`ayib, reabilitasiyaga olinish baxtiga muyassar bo`ldi.

Ular viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Solijon Mo`minov va boshqa mas`ullar tomonidan viloyat reabilitasiya markaziga kuzatib qo`yildi. Kasallikdan tuzalgan fuqarolar ma`lum muddat shu erda karantinda bo`ladi.

– Bugun mening hayotimda unutilmas sana. Xuddi qayta dunyoga kelgandek his etyapman o`zimni, – deydi bemor. – Bizni o`ylab shunchalik sharoit yaratib bergan Prezidentimizga behisob rahmat. Shifokorlarimizdan bir umr minnatdormiz. Ular o`zlarining jasoratli xizmatlari, yuksak malakalari, insoniy munosabatlari bilan bizni oyoqqa turg`azishga sabab bo`lishdi.

 

Eslatib o`tamiz, hozirda O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 42 nafari ushbu kasallikdan to`liq forig` bo`lishdi. 

 

Boshqa yangiliklar