O`zbekistonda e-hukumat rivojiga oid masalalar muhokama qilindi

Jamiyat 28.04.2015, 22:51
O`zbekistonda e-hukumat rivojiga oid masalalar muhokama qilindi

Bugun Aloqa tarixi muzeyida xalqaro ekspertlar, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida “O`zbekistonda elektron hukumat rivoji” mavzuida davra suhbati bo`lib o`tdi.

Tadbirda internet tarmog`ining  www.data.gov.uz manzilida faoliyat ko`rsatayotgan O`zbekiston Respublikasining Ochiq ma`lumotlar portali faoliyati, uning elektron hukumat tizimi rivojidagi o`rni xususida to`xtalib o`tildi.

Ta`kidlanganidek, Ochiq ma`lumotlar portali davlat idoralari faoliyatining ochiqligi, aholining hukumat miqyosida olib borilayotgan chora-tadbirlardan boxabar qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, muhokamalarda Yagona portalda joriy qilinayotgan so`nggi loyiha va xizmatlar bilan tanishdilar. Xususan, soha mutaxassislari, ekspertlar tomonidan Me`yoriy hujjatlar ta`sirini muhokama qilish tizimining demokratik islohotlar hamda jamoatchilik fikrini o`rganishdagi o`rni, xalqaro tajriba qayd etildi.

Tadbir ishtirokchilariga elektron hukumat tizimining joriy qilinish holatini baholashda muhim omil hisoblangan fuqarolarning elektron ishtiroki to`g`risida ma`lumot berildi. Shuningdek, mazkur yo`nalishdagi mashg`ulotlarni xalqaro ekspertlar ishtirokida joriy yilning 29-30 aprel kunlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Xalqaro ekspertlarning mazkur maxsus tashrifi BMT ning Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etiladigan “Davlat xizmatlarini ko`rsatish sifatini oshirishda e-hukumat tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1