1

Inxa universitetiga qabul e`lon qilindi

Jamiyat 28.04.2015, 23:24
Inxa universitetiga qabul e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi ko`magida Toshkent shahridagi Inxa universitetida o`tkazilgan videokonferensiyada mamlakatimizning barcha hududlaridagi akademik lisey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishtirok etdi, deya xabar beradi O`zA. 

Videokonferensiyani o`tkazishdan ko`zlangan asosiy maqsad abiturientlar va ularning ota-onalarini mazkur oliy o`quv yurtiga hujjat qabul qilish shartlari va imtihon tartibi haqida xabardor qilish, shuningdek, universitetda yaratilgan sharoitlar va o`quv jarayoni bilan tanishtirishdir. 

Toshkent shahridagi Inxa universiteti vakillari 2015-2016 o`quv yilida 250 nafar – kompyuter injiniringi yo`nalishiga 120, dasturiy injiniring yo`nalishiga 130 talaba qabul qilinishini ma`lum qildi. Abiturientlar hujjatlarni 17 iyulga qadar universitetning rasmiy veb-sayti – www.inha.uz orqali onlayn rejimida topshirishi mumkin. 

Imtihonlar ingliz tilida bo`lib o`tadi. Imtihon topshirish uchun abiturientlardan 5 balldan kam bo`lmagan IELTS yoki 60 balldan kam bo`lmagan TOEFL IBT sertifikatiga ega bo`lish talab etiladi. Joriy yilda abiturientlar va ularning ota-onalari istagi inobatga olingan holda, IELTS va TOEFL IBT sertifikatiga ega bo`lmaganlar uchun universitetda ingliz tili bo`yicha qo`shimcha imtihon tashkil etiladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o`tish uchun berilgan topshiriqlarning kamida 60 foizini echish zarur.

Imtihonlar 3 may va 5 iyulda o`tkaziladi. Imtihondan o`tolmagan abiturientlarga qayta topshirish imkoniyati beriladi. Matematika va fizika fanlari bo`yicha imtihonlar 26 iyul kuni yozma ravishda bo`ladi. 

Sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan abiturientlar to`lov-shartnoma asosida o`qiydi. Eng yuqori ball to`plagan o`n nafar abiturient universitetga grant asosida qabul qilinadi. Ularning o`qishi uchun mablag`ni mamlakatimizning etakchi kompaniyalari to`laydi va keyinchalik ish bilan ta`minlaydi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1