1

60 soat vayronalar ostida qolgan nepallik tirik qoldi

Dunyo 29.04.2015, 13:23
60 soat vayronalar ostida qolgan nepallik tirik qoldi

Katmanduning yigirma yoshlik fuqarosi vayronalar ostidan 60 soat o`tgach qutqarib olindi.

Nepal, Xitoy va Turkiya qutqaruvchilar guruhi uni etti qavvatli bino vayronalari ostidan qutqarib olishdi. Jabrlangan shaxs kasalxonaga yotkizildi, deya xabar beradi TASS.

Avvalroq Nepal poytaxtida vayronalar ostida 30 soat qolib ketgan Sunita Sitaula ismli ayol qutqarib olingan edi. U jabr ko`rmagan, ayni damda oilasi bilan vaqtinchalik boshpanaga joylashtirilgan. Uning turmush o`rtog`i va ikki nafar o`g`li zilzila vaqtida uydan qochib chiqishga ulgurishgan.

Ayni damda Nepalda vayronakor zilzila oqibatida halok bo`lganlar soni besh ming kishini tashkil qilmoqda, 10 mingdan ortiq aholi jabrlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1