1

“Yilning eng yaxshi chet tili o`qituvchisi” xorijda malaka oshiradi

Jamiyat 29.04.2015, 16:42
“Yilning eng yaxshi chet tili o`qituvchisi” xorijda malaka oshiradi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan umumiy o`rta ta`lim maktablari o`qituvchilari o`rtasida “Yilning eng yaxshi chet tili o`qituvchisi” ko`rik-tanlovi tashkil etildi, deya xabar beradi Xalq ta`limi vazirligi  axborot xizmati.

Ushbu ko`rik-tanlov uch bosqichda o`tkazilib, tizimda faoliyat ko`rsatayotgan barcha ingliz tili o`qituvchilari orasida sog`lom raqobat muhitini yaratishga hamda ular orasidan haqiqiy professionallarni aniqlash va rag`batlantirishga qaratilgan. 

Ko`rik-tanlovning birinchi bosqichida qatnashishni hohlovchi ingliz tili o`qituvchilari joriy yilning 1 may sanasiga qadar bestteacher@inbox.uz, bestteacher@xtv.uz elektron manzillariga ariza va chet tilida “How will I share my experience of taking part in the competition and study in the UK with other teachers?” (Ko`rik-tanlovdagi tajribam va Buyuk Britaniya safari va o`qishlari bo`yicha taassurotlarim bilan qanday o`rtoqlashaman?, Kak ya budu delitsya svoim optom uchastiya v konkurse i vpechatleniyami ot poezdki i uchyob v Velikobritanii) mavzusida kamida 200 ta, ko`pi bilan 250 ta so`zdan iborat “Esse” jo`natadi.

Ularning esselari o`rganib chiqiladi va 75 % va undan yuqori natija ko`rsatgan talabgorlar ro`yxati shakllantirib Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Toshkent shahar va barcha viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalariga jo`natiladi.

Respublika bosqichida eng yuqori natija ko`rsatgan chet tili o`qituvchilari xorijiy davlatlarda malaka oshirish uchun yo`llanmaga ega bo`ladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1