1

Asr o`g`riligi: “Olmoslar qirolining” yangi hujumi

Dunyo 02.05.2015, 14:44
Asr o`g`riligi: “Olmoslar qirolining” yangi hujumi

O`tgan dam olish kunlari o`g`rilar zargarlik buyumlari do`koniga kirishdi va 300 ga yaqin sandiqchalarni qoqlab ketishdi. Ularning eng katta o`ljasi 500 ming funt-sterling qiymatidagi moviy olmos bo`ldi. Xeton-gardenjda bunday olamshumul o`g`irlikning sodir etilishi hech kimning xayoliga kelmagandi. Bu erdagi qimmatbaho taqinchoqlar o`ta ehtiyotkorlik bilan qo`riqlanar, hamma sandiqlar er ostida joylashtirilgan edi. Bu erga kirish yo`li bitta bo`lib, u ham o`ta mustahkam muhofaza etilardi.

Mijozlar seyf sandiqchalarini faqat begim kunlari ocha olishar, dam olish kunlari depozitariy butunlay yopilardi. Biroq, Pasxa kunlari arafasida bu omborxona ari uyasidek g`uvillab qoldi. Professional o`g`rilar ana shunday kunlarni bejiz ko`z ostiga olishmagandi. “Professor Moritarti” laqabli kimsa boshchiligidagi bu to`da o`g`irlik rejasini o`ta puxta tuzib chiqqandi.

Ularning izidan chopish polisiya uchun oson bo`lmasligi aniq. Ayni paytda bu ishga Skotlend-Yardning eng mohir izquvarlari jalb qilingan.

U iz qoldirmaydi

O`g`irlik tashkilotchisi London maxfiy o`g`rilarining rahbari bo`lib. Uni olmoslar qiroli deb atashadi. U 2007 yilda “Graff”zargarlik do`koniga o`g`irlikka tushayotgan tasodifan kuzatuv kameralarga tushib qolgandi. U bu do`kondan o`z sheriklari bilan birgalikda 13 mln funt-sterling miqdoridagi qimmatbaho taqinchoqlarni o`g`irlab ketishgan. Sifatsiz tasvirlarda uning shlyapa soyasidagi aksi  arang ko`ringan. U taxminan 40 yoshlarda. Ammo, uning haqiqiy ismini hech kim bilmaydi. Agar bu o`g`irlikka Olmoslar qiroli ham aralashilb qolga bo`lsa, u bir o`zi bo`lmagan, unga sheriklari yordam bergan. Videoqurilmada yaxshilab niqoblangan olti kishining aksi muhrlangan. Izquvarlar tasvirdagi odamlarning kiyimlari va poyafzalidan ularning kimligini bilishmoqchi.

Arzonning ortilan quvmaganida...

Devorni teshib kirishda o`g`rilarga 35 kilogram hajmdagi “Xilti” parmasi yordam bergan. Undan kabellar va havo almashtirish tizimlarini birlashtirishjda foydalanilgan. Mahsulotning tovar belgilari haqidagi ma`lumotlar o`chirib tashlangan. Gangsterlarga asosiy ish ham qiyinchilik tug`dirmadi. Depozitariy qo`riqlash tizimini ham bir pasda falajlashdi. Bank rahbari pulni tejash maqsadida arzon signalizasiya tizimini o`rnatgan ekan.

Talonchilik pasxa bayrami kirishidan bir necha daqiqa oldin boshlangan. Seyflar joylashgan erto`laga  o`g`rilar lift shaxtasi orqali kirishgan. Ular ishni bitirib bo`lgach, ertalab soat sakkizga chqin binoni tark etishgan. O`lja o`g`iralrga kam ko`ringanmi, o`sha kuni kechasi jinoiy guruhning yana uch a`zosi voqea joyiga kelishgan. Kuzatuv kameralari xotirasiga o`g`rilarning butun o`ljani g`ildirakli axlat qutisiga to`ldirib, tortib ketgani aks etgan.

O`g`rini qaroqchi urdi

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, o`g`rilar 72 seyfni ship-shiydam qilishgan. O`g`irlangan mollarning narxi turli taxminlarga ko`ra 60 milliondan 200 milliongacha funt-sterlingni tashkil etadi. Ayrim omonatchilar o`z omonatlarining haqiqiy narxini aytishmayapti. O`g`rilar polga to`kilib qolgan maydachuyda olmoslarni terib ham o`itirshmagan. Qizig`i shundaki, bu o`g`irlikdlan jabr ko`rganlar orasida Adams jinoyatchilar oilasi ham bor. Aytishlaricha, aka-uka Terri va Tommi Adams reket, giyohvand moddalar savdosi va firibsharlik bilan shug`ullanib kelishgan. Bu o`g`irlik natijasida ular butun boyligidan ayrilgan.

O`rnini to`ldirib bo`lmaydi

Britaniyalik ekkspertlarning aytishicha, yo`qolgan bu qimmatbaho taqinchoqlarning loaqal birortasini ham qaytarilishiga umid juda oz. Bu o`ljalar allaqachon kontrabanda yo`li bilan mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketilgan. O`g`irlangan olmoslar tez orada qayta ishlov berilgach, qirralanib, yana sotuvga chiqariladi. Shunda ularni tanish yanada murakkablashadi. Ehtimol, tez orada Evropa butiklarida nisbatan arzon olmoslar chiqib qolar?

Asliddin KALANOV tayyorladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1