1

Britaniya shahzodasi Uilyam qiz farzandlik bo`ldi

Dunyo 02.05.2015, 17:21
Britaniya shahzodasi Uilyam qiz farzandlik bo`ldi

Britaniya shahzodasi Uilyam va uning rafiqasi Kembrij gersoginyasi Ketrinlar oilasida qiz farzand dunyoga keldi. Bu haqda qirollik oilasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar qoldirilgan.

Qizaloq 2 may kuni Londonning Avliyo Mariya kasalxonasida 3,7 kilogramm vazn bilan dunyoga keldi.

Bu gersog va gersoginyaning ikkinchi farzandi bo`lib, birinchi farzand bundan ikki yil avval 2013 yilda dunyoga kelgan. Qizaloq Kembrij malikasi nomiga sazovor bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1