AsosiyJamiyat

Ayni paytda O`zbekistonda bir nafar bemorning ahvoli o`ta og`ir

'Ayni paytda O`zbekistonda bir nafar bemorning ahvoli o`ta og`ir'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovayni paytda mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlarning ahvoli haqida ma`lumot berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan ro`yxatga olingan bemorlar soni 1214 nafarni tashkil etdi. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma`lumotga ko`ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 102 bemorning 27 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og`ir, 1 nafarining ahvoli nisbatan og`ir va yana 1 nafarining ahvoli o`ta og`ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 100 bemordan 3 nafarining ahvoli og`ir, deb baholanyapti.

Mamlakatimizda karantin tadbirlari davom etyapti. Hozirgi vaqtga kelib, 82 ming fuqaromiz karantin muddatini o`tayapti. Ularning 22 mingdan ortiqrog`i stasionar sharoitida, 60 mingdan ko`prog`i uy sharoitida karantinda turibdi. Bundan maqsad, ular orasida kasallikka chalinganlarni erta aniqlash, kasallik manbaini jilovlashdir. Kasallik manbalari ko`paymasligi uchun siz uyda qoling, muloqotlardan cheklaning, muloqotga ehtiyoj tug`ilsa, masofani saqlang va bu kabi muloqotlarni esda saqlab qoling, kerak bo`lsa yozib yuring. Negaki, kasallik manbaini jilovlashda epidemiologik surishtiruv o`ta muhim ahamiyatga ega. 

Karantin tadbirlariga rioya etishimiz orqali epidemiologik barqarorlikni ta`minlashimiz mumkinligini yodingizdan chiqarmang. Dunyo hamjamiyatida vaziyat murakkablashib borayotgani, yurtdoshlarimiz orasida ham kasallikka chalinayotganlar ortayotganini ko`ryapsiz. Shunday ekan, har biringiz hushyor bo`ling!

    Boshqa yangiliklar