1

Bollivud superyulduzi besh yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Dunyo 06.05.2015, 22:16
Bollivud superyulduzi besh yil qamoq jazosiga hukm qilindi

Hind kinosining superyulduzi 49 yoshli Salmon Xon oqibati o`lim bilan nihoyasiga etgan YTH sodir etganlikda ayblanib, besh yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Aktyorning o`zi aybini tan olmagan bo`lsada Mumbay shahri polisiyasi tomonidan uning aybi isbotlangan degan xulosaga kelindi, deya xabar beradi Rg.ru nashri.

Hodisa 2002 yilning sentyabr oyida sodir bo`lgan. Xonning avtomobili soatiga 90 kilometr tezlikda novvoyxonaga urilgan. O`sha payti yo`l chetida bir nechta boshpanasizlar bo`lgan. Oqibatda uch kishi yaralanib, bir kishi halok bo`lgan.

Sud jarayoni o`tgan yil boshlangan. 10 yildan ortiq ayblov tomoni dalil topa olmadi - aktyor YTH paytida avtomobil boshqarmaganligini ta`kidlagan, uning haydovchisi esa halokat yorilib ketgan g`ildirak sababli yuz berganligini aytgan.

Biroq tergovchilar voqeaning to`liq tafsilotlarini aniqlashga muvaffaq bo`lishdi. Ular hodisa kuni Xon uzoq vaqtini akasi bilan barda o`tkazib, keyin avtomobil ruliga o`tirganligi va juda yuqori tezlikda Bandra Uest tumani bo`ylab harakatlanganini aniqlashdi. Aktyorning mast holda ekanligini guvohlar tasdiqlashmoqda.

Prokurorlar aktyor uchun 10 yil qamoq jazosi talab qilishgan. Ammo uning himoyachisi aktyorning salomatligi va faol hayriya faoliyatini inobatga olishni so`ragan.

Aktyor ustidan olib borilgan sud jarayoni Hindiston uchun katta voqea bo`ldi. Sud qarorini nafaqat millionlab muxlislar, balki suratga olish ishlari to`xtab qolgan kinostudiyalar ham kutishdi.

Salmon Xon kinoga 1980 yillarda kirib kelgan bo`lib, u 100 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Bundan tashqari u teleboshlovchilik, qo`shiqchilik va prodyusserlik faoliyati bilan ham shug`ullangan. Aktyor 20 dan ortiq nufuzli mukofotlar sohibi.

So`nggi ikki yilda Xon qamoq jazosini olgan ikkinchi hind aktyori bo`ldi. Avvalroq bollivud jangari filmlari aktyori Sanjay Datt qurol saqlagani uchun qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1