Sog`liqni saqlash vaziriligining ma`lumotiga ko`ra, poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog`aydi.
Sog`aygan bemor 70 yoshda bo`lib, Toshkent shahrida yashaydi. U muloqot orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyin, so`nggi tekshiruvlar unda infeksiya yo`qligini ko`rsatdi. Shunday qilib, ushbu klinikada hozirga qadar darddan forig` bo`lganlar 11 nafarga etdi.
Ayni paytda klinikada koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarga tibbiyot xodimlari tomonidan xalqaro stantdartlar asosida muolajalar olib borilmoqda. Bunda malakali pulmonolog, kardiolog, terapevt, endokrinolog kabi mutaxassislar bilan telemuloqot o`rnatilib, zarur tavsiyalarni olinmoqda.
Hozirda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami 129 nafarga etdi.