Joriy yilning mart-aprel oylarida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari tomonidan 2014 yil 15 oktyabrda tasdiqlangan "O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini attestasiyadan o`tkazish jadvali" asosida 29 ta o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining attestasiyasi o`tkazildi. Bu haqda Davlat test Markazi xabar beradi.
Hozirgi kunda ta`lim muassasalarining attestasiya natijalari bo`yicha yakuniy xulosalarni tayyorlash, shuningdek, may-iyun oylarida attestasiyadan o`tkazilishi rejalashtirilgan 31 ta ta`lim muassasalarining attestasiyaga taqdim etgan hujjatlarini ekspertizadan o`tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.





