1

Nepalda yana kuchli zilzila ro`y berdi

Dunyo 12.05.2015, 14:28
Nepalda yana kuchli zilzila ro`y berdi

Seshanba kuni Nepalda magnituda kuchi 7,4 bo`lgan zilzila sodir bo`ldi, bu haqda AQSh Geologik xizmati xabar beradi.

Ma`lumotlarga ko`ra, er silkinishining epimarkazi Namche-Bazar posyolkasidan 68 km G`arbda joylashgan. Ofat o`chog`i 10 km chuqurlikda bo`lgan.

Halok bo`lganlar va vayronagarchiliklar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi.

Eslatib o`tamiz, 25 aprel kuni Nepalda 7,9 magnitudali zilzila sodir bo`lgandi, uning ketidan 90 ta 3,2 dan 6,9 magnitudagacha qayta zilzilalar sodir bo`ldi. Halok bo`lganlar soni 8,4 ming kishini tashkil qildi, 17 mingdan ortig`i yaralangan. Eng katta zarar mamlakat poytaxti Katmanduga etgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1