Koronavirus ilk bor qayd etilgan hudud – Xitoyning Uxan shahrida tezkorlik bilan ikki hafta ichida qurib bitkazilgan shifoxona binosi bugunga kelib deyarli bo`shab qoldi. Bu haqda ria.ru xabar berdi.
Yaqin kunlarda yuzlab o`ringa mo`ljallangan shifoxona butunlay yopilishi mumkin. Ushbu davolash maskanida Uxandagi koronavirusni yuqtirib olgan ahvoli jiddiy bemorlar davolangan. Hozirda bu erda davolanayotgan bemorlar sog`ayib, ko`pchiligi o`z oilasi bag`riga qaytdi.
Uzoq muddatli izolyasiyadan so`ng epidemiya o`chog`i bo`lgan ushbu hududga kirish va undan chiqish ham mumkin bo`lmoqda. Xitoyda so`nggi ikki kecha-kunduzda virusni yuqtirganlar 85-89 nafar bo`lib, bu raqamni avvalga kunlarga solishtirganda, 18-19 nafarga kasallik yuqtirganlar kamaygan.