Dasturiy ta`minot ishlanmalari bo`yicha yoshlar o`rtasida e`lon qilingan "Best Soft Challenge - 2015" tanloviga start berilishi munosabati bilan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tanlov O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligi, “Kamolot” YoIH, ”Dasturchilar markazi – BePro” MChJ, Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va “Samsung Elektroniks” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Tanlov oliy ta`lim muassasalarining talabalari, shuningdek, kasb-hunar kollejlari va akademik lisey o`quvchilarining ishtirokida o`tkaziladi. Tanlovni yoz faslida, o`quvchi talabalar o`qishdan ta`tilga chiqqan hamda ko`plab bo`sh vaqtlarga ega bo`lib, uni foydali o`tkazish mumkin bo`lgan davrda o`tkazilishi alohida dolzarb ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tanlov g`oliblarini sovrinli mukofot jamg`armasi kutmoqda, bu esa ularning kelgusi rivojlanishlarida juda muhimdir.
Tanlovda alohida individual shaxslar ham va guruhli (to`rt kishidan ortiq bo`lmagan) ishtirokchilar ham qatnashishlari mumkin.
Individual va guruhli ishtirokchilar faqat bir nominasiyada ishtirok eta oladilar (qayta ishtirok etish mumkin emas).
Tanlov 2015 yilning 14 maydan 11 sentabrga qadar uch bosqichda o`tkaziladi:
Har bir nominasiyada eng yaxshi loyiha aniqlanib, 10 mln. so`m miqdoridagi sovrin bilan taqdirlanadi.
Ishlanmalar uchun barcha mualliflik huquqlari ishlanma egalariga tegishli hisoblanadi.
Tanlov g`oliblarini taqdirlash marosimi joriy yil sentyabr oyida AKT-2015 haftaligi doirasida o`tkaziladi.