1

51 yoshli braziliyalik ayol hisob bo`yicha 21-farzandni dunyoga keltirdi

Dunyo 18.05.2015, 13:55
51 yoshli braziliyalik ayol hisob bo`yicha 21-farzandni dunyoga keltirdi

51 yoshli braziliyalik ayol hisob bo`yicha 21-farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda G1 xabar berdi. Ilk bor 13 yoshida farzandli bo`lgan ayol, to`xtash niyati yo`qligini ma`lum qildi.

Sebastyana Mariya da Konseysao Arakaju shahrida yashaydi, u 13 may kuni yana bir bor ona bo`ldi. Akusherlar ayolning homiladorlik paytida yuqori arterial qon bosimi borligidan havotirda edilar, ammo tug`ruq omadli kechdi. Vazni 3 kilo bo`yi 46,5 santimetr tug`ilgan chaqaloq mutlaqo sog`lom dunyoga keldi.

Ona farzandiga tug`ruq paytida ishtirok etgan fotoreportyor sharofatiga Tassio deya ism qo`ydi. U farzandlariga turli ismlar berishni yaxshi ko`rishini aytdi.

«Mening ilk farzandim 13 yoshimda tug`ilgan. Men hali qiz bola edim va ko`p narsani bilmasdim. Shundan beri ketma-ket farzand dunyoga keltiryapman», — deydi Konseysao.

Ayolning turmush o`rtog`i ham 51 yoshda. U 10 nafar qiz va 11 nafar o`g`il farzand dunyoga keltirgan. Shulardan 18 nafari farzandi hozirda tirik.

«Men har bir farzandimni yaxshi ko`raman. 51 yoshda ona bo`lish, ishonavering bu baxt», — deydi da Konseysao.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1