“Toshkent” aeroportida yangi xalqaro yo`lovchilar terminalini qurish bo`yicha ishlar boshlanadi.
Ushbu terminal ilg`or Evropa aeroportlari darajasida barpo etilishi ko`zda tutilmoqda.
Hozirda “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi 312 million AQSh dollarlik loyihaning texnik-iqtisodiy ishlari ustidan xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar olib bormoqda.
Yangi terminal soatiga 1,5 ming yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladi. Dunyoning yirik aeroport terminallari bilan taqqoslaydigan bo`lsak, Rossiyadagi “Sheremetevo” aeroportining “S” xalqaro terminalidan yo`lovchilar huddi shu miqdorda qabul qilinadi.
Yangi terminal “Toshkent-4” nomi bilan ataladi.





