1

Chechenistonda "asr to`yi" bo`lib o`tdi

Dunyo 18.05.2015, 16:09
Chechenistonda "asr to`yi" bo`lib o`tdi

Butun may oyi Nojay-Yurtovsk tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`i Najud Guchigov va Baytarki qishlog`ida yashovchi 17 yoshli Luiza Goylabievalarning nikoh to`ylari Rossiya OAVlarining muhokama markazida bo`ldi.

Bunga «Novaya gazeta»da chop etilgan maqola sabab bo`ldi. Jurnalistlarning ma`lumotlariga ko`ra, qizni hohishiga qarshi o`zidan 30 yoshga katta kishiga uzatishgan. Bundan tashqari: Rossiya qonunlariga zid tarzda qiz unga ikkinchi xotin bo`lishi kerak bo`lgan.

Vaziyat bilan Prezidentning Inson huquqlari Kengashi va Bosh prokuratura qiziqib qolgan. Bir necha bor to`yni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va bola huquqlari bo`yicha mas`ul Pavel Astaxov sharhlagan. Aytishlaricha, kelinni hech kim majburan turmushga bermagan va kuyov ham ma`lumot berishayotgani kabi qari emas. 

Ushbu to`y bir necha bor ko`chirilgan bo`lsada, respublikada faol tarzda qo`llab-quvvatlangan. Nikoh to`yi oldidan esa Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o`zining Instagram’dagi sahifasida barchani tadbirga taklif qilib, unga «mingyillikning tantanasi» deya nom bergan.

16 may kuni Grozniy nikohdan o`tkazish saroyi xodimlari tomonidan nikoh qayd etildi. Tadbirda Checheniston ma`muriyatining ko`plab vakillari ishtirok etishdi, Ramzan Qodirov esa hatto lezginkaga raqsga tushdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1