Joriy yilning 19-23 may kunlari Koreya Respublikasining “Junior Chamber International – JCI” xalqaro yoshlar tashkiloti va Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha Gospitalidan jami 12 nafar mutaxassis va vrachlar yurtimizda bo`lib, tug`ma yurak nuqsoni tashxisli bemor bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi.
Shu bilan bir qatorda delegasiya vakillari tasdiqlangan rejaga ko`ra O`zbekistondagi Koreya madaniyat markazlari Assosiasiyasiga, Sejong nomidagi koreys tili maktabiga, “Arirang” pansionatiga, Kim Pen Xva nomidagi muzeyga, Toshkent shahridagi Koreya ta`lim markaziga, O`zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasiga tashrif buyurishadi.
20 may kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasida Koreya Respublikasining “Junior Chamber International – JCI” va Cha universiteti qoshidagi Pundan Cha Gospitali malakali shifokorlari tashrif buyurib, tug`ma yurak nuqsoni tashxisli bemor bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazishadi.
Ushbu tibbiy ko`rik natijalariga ko`ra og`ir deb topilgan bemor bolalar Koreya Respublikasi nufuzli klinikalarida sog`lomlashtiriladi.
“Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jismonan baquvvat, ma`nan etuk, ruhan tetik farzandlarni tarbiyalashda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, “Sog`lom avlod” harakatini rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlarni o`tkazmoqda.
Ma`lumki, Fond bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta`minlash maqsadida bemor va nogiron bolalarni sog`lomlashtirishda qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Mazkur yo`nalishda Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining Pundan Cha universiteti gospitali, In Xa universiteti gospitallarida tug`ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug`ma qo`l-oyoq bo`g`imlari va boshqa tashxislar bilan og`rigan O`zbekistonlik bemor bolalarni bepul sog`lomlashtirilmoqda.
Fondning “Junior Chamber International – JCI” xalqaro yoshlar tashkiloti bilan 2010-2004 yillardagi hamkorligi davomida Cha Universiteti qoshidagi Pundan Cha Gospitalida xayriya yo`li bilan jami 27 nafar O`zbekistonlik bolalar jarroxlik amaliyoti o`tkazilishi bilan sog`lomlashtirildi.





