Toshkent viloyati asalarichilik uyushmasi raisi Baxtiyor Xakimov ko`p yillardan buyon asalarichilik bilan shug`ullanib keladi. Ushbu soha ko`chma soha hisoblangani bois asalarilar tog` va tog` oldi hududlari, ekinzor maydonlarida parvarishlanadi, asalarilarni yilning fevral oyidan dekabr oyigacha Toshkent viloyatining tog`li hududlaridan iborat bir necha tumanlarida parvarish qilib boriladi. Ayni kunlarda esa asalarilar tuxum qo`yishlari uchun ozuqa beradigan vaqt.
Uyushmaning ma`muriy binosi Toshkent shahrida joylashganligi bois yurtimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi ko`rilayotgan qat`iy chora-tadbirlar davrida viloyat hududiga kirish-chiqish va asalari uyalarini avtoulovlarga yuklab joydan-joyga ko`chirib o`tishda ba`zi muammolar yuzaga kelayotgan edi.
Baxtiyor Xakimovning ushbu muammo yuzasidan murojaati Toshkent viloyati IIBB da tashkil etilgan «Belgilangan transport vositalarini to`siqsiz harakatlanishini tashkillashtirish bo`yicha TEZKOR ShTABI» xodimlari tomonidan o`rganildi.
Ishchi guruhi ko`magida Toshkent viloyati asalarichilik uyushmasining 100 ga yaqin xodimlari uchun karantin postlaridan hech qanday to`siqlarsiz harakatlanishini tashkillashtirish masalasi hal etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar berdi.






