Dunyoning avtomobil bozorlari to`g`risida axborot yig`ishga ixtisoslashgan Focus2move mustaqil konsalting agentligi 2015 yilning birinchi chorak yakunlariga ko`ra dunyoning eng yirik avtomobil bozorlari reytingini tayyorladi.
O`zbekiston avtomobil bozori unda 43-o`rinni egalladi. Bu esa o`tgan yil bilan taqqoslaganda 5 pog`ona yuqori demakdir.
Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda joriy yilning uch oyida 52005 dona avtomobil sotilgan.