AsosiyJamiyat

Poytaxtning Olmazor tumanidagi svetoforlardan biri bir haftadan beri ishlamayotgani ma`lum bo`ldi

Muxbirimiz Qamariddin Shayxovning xabar berishicha, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Qorasaroy va Nurafshon ko`chalarini bog`lovchi chorrahaga o`rnatilgan svetoforlar bir haftadan buyon ishlamayapti.

Ustiga-ustak ushbu chorrahaga harakatni tartibga soluvchi YPX xodimlari ham biriktirilmagan.

Svetofor ishlamayotgani sabab yo`llarda tirbandlik yuzaga kelayotganini ma`lum qilib, bugun tongda tushirilgan suratlarni taqdim etdi.

Mazkur masala tez orada o`z echimini topadi degan umiddamiz!

    Boshqa yangiliklar