AsosiyJamiyat

Koronavirusdan vafot etganlar shahid maqomida bo`lishlari ma`lum qilindi

'Koronavirusdan vafot etganlar shahid maqomida bo`lishlari ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda aholining aksariyati Islom diniga e`tiqod qiladi. Shu bois, o`z-o`zidan savol tug`iladi. Islom diniga ko`ra mana shunday og`ir va sinovli vaziyatda, ya`ni koronavirusdan vafot etganlarning maqomi qanday bo`ladi? Mazkur savollarga Musulmonlar idorasi aniqlak kiritdi.

Al-azhar xalqaro elektron fatvo markazining ta`kidlashicha, koronavirus sababidan vafot etgan kishi shahid maqomida bo`ladi va unga shahidlar ajri beriladi.  

Dunyo hukmlari borasida unga barcha musulmon mayyitlarga tatbiq qilinadigan g`usl, kafanlash, janoza namozi kabi hukmlar joriy qilinadi. Buning dalili Payg`ambar alayhissalomning quyidagi hadislari: “Shahidlar beshta: to`un (o`lat)dan o`lgan, qorin og`rig`i (ichki kasallik) bilan o`lgan, cho`kib o`lgan, tom bosib o`lgan, Alloh yo`lida shahid bo`lgan kishilar”. Bir rivoyatda, to`un (vabo)da o`lgan shahiddir, deganlar.

Ana shulardan kelib chiqib koronavirusdan o`lganlar ham to`un (o`lat) dan o`lganlar qatorida hisoblanadi.

Boshqa yangiliklar