AsosiyDunyo

Tornado 6 soniyada butun shaharni vayron qildi (FOTO)

Meksikada bo`lib o`tgan kuchli tornado 6 soniya ichida butun shaharni vayron qildi.

Tabiiy ofat odamlar shirin uyquda payti erta tongda yuz bergan. Tornado zarbasi oqibatida 13 kishi halok bo`lib, 229 kishi jabrlangan.

Qurbonlardan tashqari, 750 ta uy talofot ko`rgan, ulardan 50 tasi butunlay vayron bo`lgan.

Ayni damda shaharda favqulodda holat e`lon qilingan. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga hukumatning maxsus jamg`armasidan pul ajratiladi.

Hukumat vakillari shaharning uchta maktabida darslarni vaqtincha to`xtatish haqida buyruq berishdi.

    Boshqa yangiliklar