AsosiyJamiyat

Moskvadaga hamyurtlarimiz diqqatiga! Patentlarning amal qilish muddatining yangi sanasi e`lon qilindi

'Moskvadaga hamyurtlarimiz diqqatiga! Patentlarning amal qilish muddatining yangi sanasi e`lon qilindi'ning rasmi

Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020 yil 18 aprelda qabul qilingan Rossiya Federasiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq patentlarning amal qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirilishi bo`yicha Moskva migrasiya masalalari bo`yicha boshqarmasi bayonot berdi:

Unga ko`ra,  2020 yil 15 iyungacha patent muddatini uzaytirish uchun ariza berish, shuningdek patent asosida ishlayotgan chet el fuqarolari tomonidan to`lanadigan jismoniy shaxslar daromad solig`ini oldindan to`lash talab etilmaydi.

Rossiya Federasiyasi hududida bo`lgan va patentga ega bo`lmagan chet el fuqarolari, Rossiyaga kelish maqsadidan qat`i nazar, 2020 yil 15 iyungacha patent olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Ish beruvchilar koronovirus tarqalishi munosabati bilan mamlakatda joriy etilgan cheklovlar va sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda fuqarolarni patentsiz ishga jalb qilish huquqiga ega.

    Boshqa yangiliklar