AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 3 nafar bola suvda cho‘kib, vafot etdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

'Toshkent viloyatida 3 nafar bola suvda cho‘kib, vafot etdi'ning rasmi

Toshkent viloyati Parkent tumanida voyaga yetmagan uch nafar bola suv havzasida cho‘kib, vafot etgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazildi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tekshirishda mutasaddi tashkilotlar tomonidan "Parkentsoy" kanalidagi suv oqim bo‘ylab hosil bo‘lgan, chuqurligi taxminan 2 metrni tashkil etgan, 20 ga 40 m2 o‘lchamdagi suv havzasida ta’qiqlovchi belgilar o‘rnatilmagani, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmagani, su’niy tashkil topgan suv havzasini bartaraf etish choralari ko‘rilmagani aniqlandi.

Ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni tekshirish hamda bir qator tergov harakatlari o‘tkazish lozimligini inobatga olib, Jinoyat kodeksining 116 (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 207 (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi, deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31