AsosiyJamiyat

O`zbekistonda uch rusumdagi yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarilishi yo`lga qo`yiladi

Avval xabar berilganidek O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 27-29 may kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo`ldi. 
Muzokaralar yakunida Prezidentlar barcha yo`nalishlardagi o`zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari belgilab berilgan Qo`shma deklarasiyani imzoladilar. 
Umuman, tashrif doirasida va bo`lib o`tgan O`zbekiston – Koreya biznes-forumi yakunlari bo`yicha 60 bitim va shartnoma imzolandi. Ularning 55 tasi savdo-iqtisodiy, investisiya va moliyaviy-texnik hamkorlik sohasiga taalluqlidir. Investisiyaviy hamkorlik sohasida 34 bitim, jumladan, neft-kimyo va kimyo sohasida 5 loyiha, avtomobil sanoatida 9, elektrotexnika sohasida 5 loyiha imzolandi. Ushbu bitimlar uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash, metanol va olefin olish uchun tabiiy gazni qayta ishlash bo`yicha eng zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, azot kislotasini ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, uch rusumdagi mashhur yangi zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, yangi avlod avtomobil dvigatellari, transmissiyalari va butlovchi qismlari ishlab chiqarishni o`zlashtirish, zamonaviy maishiy elektrotexnika buyumlari ishlab chiqarish bo`yicha istiqbolli loyihalarni qamrab olgan. 
Farmasevtika sohasida imzolangan 7 loyihada onkologik, endokrin, oftalmologiya, nafas olish organlari va ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolash uchun preparatlar ishlab chiqarish ko`zda tutilgan. 
 

    Boshqa yangiliklar