1

Bir guruh o`zbek xonandalari tomonidan chellenj qilib aytilgan "Ramazon" qo`shig`ini mashhur Ibrahim Tatlisas o`z sahifasida ulashdi (video)

Madaniyat 25.04.2020, 13:55
Bir guruh o`zbek xonandalari tomonidan chellenj qilib aytilgan "Ramazon" qo`shig`ini mashhur Ibrahim Tatlisas o`z sahifasida ulashdi (video)

Ramazon oyi yaqinlashishiga bir necha kun qolganida o`zbek xonandalari tomonidan "Ramazon" nomli qo`shiq chellenj tarzida aytilgan edi.

Qo`shiq, o`zbek shou-biznesining erkak xonandalari tomonidan kuylangan bo`lib, har bir qo`shiqchi qo`shiqni o`z xonadonida aytgan va chellenjlardan tashkil topgan kadrlar bir butun holatda aks ettirilgan. Mazkur video ketmaketlik internetda e`lon qilinishi bilan qisqa fursatda keng ommalashdi. 

Hatto, xorijiy davlatlarda ham ommalasha boshladi. Xususan, mashhur turk xonandasi Ibrahim Tatlisas o`zining instagramdagi shaxsiy sahifasida o`zbekcha “Ramazon keldi” qo`shig`ini ulashdi.

Ayni paytda xonandaning obunachilari milliondan ortiq bo`lib, bu bilan Totlisas "Ramazon" qo`shig`i yanada ommalashishiga  hissa qo`shayotgan bo`lsa, ajabmas.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1