2015 yilning 23 may kuni soat 16:00 da Samarqand shahar Buyuk ipak yo`li ko`chasida joylashgan "Marjona" to`yxonasi oldida ikki noma`lum shaxs 1977 yilda tug`ilgan mahalliy aholi vakilasining bo`ynidan sariq metalldan yasalgan zanjirini ochiqdan-ochiq yulib olib, voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan.
Shahar ichki ishlar bo`limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida g`araz niyatli shaxs qo`lga olindi va talonchilik to`liq fosh etildi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.
Ushbu talonchilikni mahalliy aholiga mansub ikki nafar - 33 va 30 yoshli fuqaro sodir etganligi aniqlandi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





