Moskvada bo`lib o`tgan yirik YTHda Qirg`iziston, Armaniston, O`zbekiston va Tojikiston fuqarolari halok bo`lishdi. Bu haqda Qirg`izistonning Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi matbuot markazida xabar berishdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, kuni kecha soat 8:00 da Moskvada, Kievskiy shosseda uchta mashina ishtirokida yirik YTH yuz bergan.
Halokat oqibatida «Hyundai» ko`tarma krani haydovchisi 39 yoshli N. A. Yakushev jabrlangan, «Toyota Alphard» mikroavtobusida 3 kishi halok bo`lgan, ular 37 yoshli V. A. Avetisyan, 40 yoshli E. A. Isakova va yana bir erkak, uning shaxsi hozirda aniqlanmoqda.
Konsullik xodimlari bugun poytaxt o`likxonalaridan birida bo`lib yo`l transport hodisasida halok bo`lganlarning jasadlarini hamda jabrlangan to`rt nafar fuqaro etkazilgan kasalxonada ularning fuqaroligini aniqlashdi.
Aniqlangan ma`lumotlarga ko`ra, YTH vaqtida jabrlanganlar orasida ikki nafar Qirg`iziston fuqarosi, ulardan biri haydovchi – 23 yoshli Temir Musaliev, ikkinchisi – 56 yoshli Chinara Tairova – O`sh viloyati fuqarosi, u bugun o`ziga kelmay kasalxonada vafot etdi.
Yirik YTH oqibatida halok bo`lganlar Armaniston, O`zbekiston va Tojikiston fuqarolaridir.





