Eng yirik aloqa operatori "Beeline" "Beeline Business" va «Toshtransdispetcherxizmat» unitar korxonasi o`rtasidagi hamkorlikning rivojlanishi to`g`risida xabar beradi.
Shartnomaviy kelishuvlar doirasida, GPS (Global Positioning System) trekerlar Beeline SIM-kartalari bilan ta`minlangan bo`lib, ular transport vositasining turgan joyini aniq belgilash uchun ma`lumotlarni qabul qilishga va yuborishga imkoniyat beradi.
«Bizning Beeline bilan hamkorligimiz 2010 yildan boshlab davom etmoqda, va biz ushbu loyihani innovasion mobil operatori bilan boshlaganimizdan xursand bo`ldik, – deb izoh beradi «Toshtransdispetcherxizmat» UK bo`limining boshlig`i Sarvar Pozilov. – Er ustidagi jamoat transportini ishonchli mobil aloqaga ega zamonaviy navigasiya tizimi bilan ta`minlar ekanmiz, biz uning xarakatlanishini masofada doimiy tarzda monitoring qilish imkoniyatiga ega bo`lamiz».
Bugungi kunda Beeline aloqasi bilan, 123 ta shahar yo`nalishlarida xarakatlanayotgan, mingdan ortiq yo`lovchi tashish avtobuslaridagi GPS-trekerlar ta`minlangan.
«Texnologiyalarning jadal rivojlanishi hamda aloqa imkoniyatlarining kengayishi infratuzilmani yanada qulay qilishga imkon beradi, – deb gapiradi Unitel tijorat direktori Maksim Efremov. – Biz ushbu loyihada qiziqish bilan ishtirok etmoqdamiz, va bizning azalgi hamkorimiz Beeline‘ga tizimning ishlashini ta`minlashni ishonganidan juda mamnunmiz».





