O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarida to`lov-shartnoma asosida o`qishga qabul qilingan talabalar uchun kunduzgi ta`lim xizmatlari uchun belgilangan to`lov narxlari ro`yxati e`lon qilindi.
Ma`lumotlar to`plamini O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi taqdim etgan.
To`lov narxining eng past ko`rsatkichi soatiga 5050 so`m bo`lib, ushbu narx O`qituvchilar tayyorlash va pedagogic fanlar, jumladan kasbiy ta`lim, gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, matematika va statistika, amaliy matematika va informatika, ijtimoiy va axloqiy fanlar, ijtimoiy ta`minot kabi yo`nalishlarga nisbatan belgilangan.
Xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo`nalishida tehsil olish soatiga 8190 so`mni tashkil etadi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, huquq yo`nalishlarida o`qish esa soatiga 7450 so`mdir.





