1

Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

Iqtisodiyot 27.04.2020, 21:10
Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

"O`zbekneftgaz": Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so`mga arzonlashdi. Bu haqda "O`zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

"O`zbekneftgaz" AJning “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilg`i quyish shoxobchalari tarmog`ida Ai-92 markali benzin va Evropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg`isi sotuvini yo`lga qo`ygan edi. 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab, ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg`isining narxi 500 so`mga arzonlashtirildi.

2020 yilning 26 mart kunidan e`tiboran, Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so`mdan 6000 so`mga pasaytirilgan edi. 

29 aprel kunidan boshlab bu mahsulotning narxi 5500 so`m qilib belgilandi.

“O`zbekneftgaz” AJ tomonidan iste`molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to`liq va aniq ma`lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1