AsosiyJamiyat

Buxoro: halok bo`lgan 42 yoshli fuqaro uyiga ketayotgan bo`lgan. 5293ta bino, 415ta transport vositasi talofat ko`rgan — Bosh prokuratura

Xabaringiz bor, kecha tunda O`zbekistonda, xususan, Buxoro viloyatida kuchli shamol kuzati...

'Buxoro: halok bo`lgan 42 yoshli fuqaro uyiga ketayotgan bo`lgan. 5293ta bino, 415ta transport vositasi talofat ko`rgan — Bosh prokuratura'ning rasmi

Xabaringiz bor, kecha tunda O`zbekistonda, xususan, Buxoro viloyatida kuchli shamol kuzatildi. Avvalroq, ushbu holat bo`yicha FVVning rasmiy bayonotini xabar qilgan edik. Ayni paytda Bosh prokuratura Matbuot xizmati "darakchi.uz"ga Buxoroda yuzaga kelgan talofat bilan bog`liq rasmiy ma`lumotni taqdim etdi.

Keltirilishicha, kecha, 27 aprel kuni soat 20:00 dan 22:30 gacha bo`lgan vaqt oralig`ida Buxoro viloyatida 25 m/sek tezlikda shamol tezligi aniqlangan.  

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu tabiiy ofat natijasida viloyat bo`yicha 5 293 ta bino, 415 ta transport vositasi, 42 400 ta daraxt talofot ko`rgan va 295 ta tabiiy gaz va elektr ta`minotida avariyalar sodir bo`lgan, 31 nafar shaxs turli darajada tan jarohati olganlar.

Bundan tashqari, Qorako`l va Olot tumani bilan aloqa uzilib qolganligi sababli  tegishli xizmatlardan iborat guruh shakllantirilib, hodisa joyini o`rganish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborildi.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Shuningdek, Bosh prpokuratura ushbu hodisada vafot etgan fuqaro bo`yicha ham mu`lumot berdi. Unga ko`ra,  kecha, 21:30 larda Buxoro shahri, X.Mushkin ko`chasida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan O`.A. uyiga kelayotgan vaqtida viloyatda kuchli shamol bo`lganligi oqibatida erga uzilib tushgan elektr simiga ehtiyotsizlik bilan urilishi natijasi vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar