Janubiy Koreyada MERS Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi tarqalishi bilan bog`liq xavotirlar sabab chet ellik sayyohlar ushbu mamlakatga cafarlarini to`xtatishmoqda. Bu haqda Koreya sayyohlik tashkiloti xabar bermoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, Janubiy Koreyaga borish chiptasini topshirganlarning 85 foizi Xitoyliklardir.
Bugungi kunda Janubiy Koreyada MERS virusi oqibatida besh nafar odam vafot etgan.
O`zbekistonda ham barcha choralar ko`rilmoqda
Ushbu noxush vaziyatni inobatga olgan holda virusni O`zbekistonga kirib kelish holatini oldini olish uchun barcha zarur choralar ko`rilmoqda. Buning uchun barcha xalqaro aeroportlarda kirib kelayotgan yo`lovchilarning tibbiy monitoringi tashkil etilgan. Ayniqsa Yaqin Sharq va Koreya Respublikasidan kirib kelayotganlar sinchkovlik bilan tekshirilmoqda.





