Hindistonlik taniqli aktyor Irfon Xon 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Daryo" xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir necha yil avval unga neyroendokrin o`simtasi tashxisi qo`yilgan. Kasallik tufayli aktyor filmlardagi suratga olish jarayonini bekor qilgan.
Nashrning qayd etishicha, aktyorning o`limiga to`g`ri ichak infeksiyasi sabab bo`lgan.
Irfon Xon nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham tanilgan edi. U «Xarobadan chiqqan millioner», «Billu sartarosh», «Yura davri olami», «Pi hayoti», «Yangi o`rgimchak odam» va «Inferno» kabi filmlarda rol ijro etgan.






