AsosiyJamiyat

Shtorm ogohlantirish! O`zbekistonga Kaspiy dengizi tomondan nam havo oqimi kirib kelmoqda. Sel kelish xavfi bor

1-2 may kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonl...

'Shtorm ogohlantirish! O`zbekistonga  Kaspiy dengizi tomondan nam havo oqimi kirib kelmoqda. Sel kelish xavfi bor'ning rasmi

1-2 may kunlari O`zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati.

1 mayda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg`ir, ayrim joylarga kuchli yomg`ir yog`ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida kechga borib yomg`ir, ayrim joylarga kuchli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik bo`lmaydi.

2 mayda respublikada yomg`ir, ayrim joylarga kuchli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg`ir, ayrim joylarga kuchli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik bo`lmaydi.

Shamolning tezligi 15-29 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda shamol shiddati 23-28 m/s gacha etishi mumkin.

30 aprel-3 may kunlari respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

27 aprel kuni respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo`jaligi ekinlariga katta zarar etkazgan.  

Yuzaga kelgan shamol oqibatlarining asosiy qismi Buxoro viloyatiga to`g`ri keladi. Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasining bergan ma`lumotiga ko`ra, taxminan 29 nafar fuqaro engil va 1 nafar fuqaro og`ir tan jarohati olgan bo`lib, 1 ta holatda o`lim qayd etilgan.

Shuningdek,  Buxoroda Amudaryo tomondan suv toshqini bo`lishi haqidagi xabarlar paydo bo`lgandi va ushbu xabar viloyat hokimligi, shuningdek, Suv xao`jaligi vazirligi tomonidan inkor etildi. Shundan so`ng, Olot va Qorako`l aholisini suv bosishi haqidagi xabarlar bilan vahimaga solganlar ushlandi.

 

    Boshqa yangiliklar