Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi xizmat ishga tushdi.
O`zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi tomonidan taqdim etilgan yangi xizmat bino buzilishi to`g`risida onlayn ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Mazkur xizmat Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi ma`lumotlariga asosan taqdim etiladi.
Ma`lumot olish uchun Yagona portalda maxsus elektron ariza to`ldiriladi. Ariza yuborilgach, tizim foydalanuvchiga SMS orqali ariza qabul qilinganlik to`g`risida xabar yuboradi.
Xizmat natijasi sifatida bino buzilish yoki buzilmasligi haqidagi tegishli ma`lumot olinadi. Agar bir ish kuni mobaynida foydalanuvchiga ma`lumot berish imkoni bo`lmasa, unga rad etish sabablari ko`rsatilgan javob xati yuboriladi.





