O`zbekiston xalq artisti To`ychi Oripov 91 yoshida olamdan o`tdi. O`zbek teatri va kinosida bir qancha rollari bilan mashhur aktyor 12 iyun kuni Toshkentda uzoq hastalikdan so`ng vafot etdi.
O`zbekiston xalq artisti To`ychi Oripov 1924 yilda Toshkentning Degrez mahallasida tavallud topgan.
1953 yilda Toshkentidagi Ostrovskiy nomli teatr va rassomlik san`ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgan.
“Abdullajon” filmidagi ketmoni uchmaydigan rais kabi rollari bilan tomoshabinlar ko`nglidan joy olgan aktyor Qo`qon shahridagi Hamza teatrida ishlagan. Keyinchalik faoliyatini Toshkentdagi O`zbek Davlat akademik drama teatrida davom ettirgan.
13.06.2015 11:09





