Tbilisida yakshanbaga o`tar kechasi shamol bilan kuchli jala quydi. Suv oqimi turar-joy va binolarni suv ostida qoldirdi, yo`llar va infratuzilmalarga zarar etkazdi. Shahar hayvonot bog`i suv ostida qoldi. Hayvonlarning bir qismi shaharga chiqib qochib ketishdi, ba`zilarini esa otib tashlashga to`g`ri keldi, sababi ular odamlarga zarar etkazishi mumkin edi.
TASSning xabar berishicha, hozirda Gruziyaga Latviya, Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Ukraina va boshqa bir qator mamlakatlar hukumati o`z yordamlarini taklif etishgan.
Mamlakat bosh vaziri Irakliy Garibashvili bunga javoban halokat bilan mustaqil ravishda kurasha olishayotganini, biroq moliyaviy yordam kerak bo`lishi ehtimoli mavjudligini ma`lum qildi.
15 iyun kuni mamlakatda motam kuni deb e`lon qilindi.
Hozircha tabiiy ofat oqibatida halok bo`lganlar soni rasman 12 kishini tashkil etmoqda, ulardan uch nafari hayvonot bog`i xodimlari. Yana 20 kishi bedarak yo`qolgan deya ro`yhatga olingan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, suv toshqinidin etadigan moddiy zarar 22 million dollarni tashkil etadi.
Suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlarini hukumat qarori bilan tashkil etilgan favqulodda shtab boshqarmoqda. Mazkur ishlarda shahar maxsus xizmati xodimlari bilan bir qatorda yuzlab ko`ngillilar ham ishtirok etishmoqda.





