Bugun Moskvaning “Krokus Siti Xoll” konsert zalida Rossiyalik qo`shiqchi Janna Friske bilan vidolashuv bo`lib o`tdi.
Eslatib o`tamiz, Janna Friske dushanba kuni kechki payt uzoq muddatli kasallikdan vafot etdi. 8 iyul kuni san`atkor 41 yoshga to`lgan bo`lardi.
San`atkorning dafn marosimi payshanba kuni Moskvaning Nikolo-Arxangelsk qabristonida bo`lib o`tadi.
Janna Friskega bosh miya saratoni tashhisi qo`yilgan. U bir necha bor AQSh, Germaniya va Xitoyda davolash muolajalarini o`tgan. Janna Friskega vatandoshlari tomonidan pul mablag`lari yig`ish tashkillashtirilgan, natijada unga yordam sifatida 68 million rubl pul yig`ilgan, mazkur pullarning bir qismini Janna Friske onkologik kasallikdan aziyat chekkan bolalarga o`tkazdi.
Janna Friske hayotligining so`nggi daqiqalarida uning yonida ota-onasi, opa-singillari va yaqin dugonasi–"Blestyashie" guruhining sobiq yakkaxoni Olga Orlova bo`ldi.
Jannaning orqasida 2 yoshli Platon ismli o`g`li qoldi.





