AsosiyDunyo

Rossiyada shifokorlar koronavirusni davolash uchun ishga chiqishdan bosh tortmoqda

'Rossiyada shifokorlar koronavirusni davolash uchun ishga chiqishdan bosh tortmoqda'ning rasmi

Rossiyaning birgina Kaliningrad hududida 350 nafar shifokor koronavirusga chalinganlarni davolash uchun ishga chiqishdan bosh tortdi. Bu haqda manbalarga tayanib Xabar ma`lum qildi.

Hudud sog`liqni saqlash vaziri Aleksandr Kravchenkoning aytishicha, 100 nafar shifokor va 250 nafar o`rta tibbiy bo`g`im mutaxassislari ishdan voz kechdi. Uning so`zlariga ko`ra, Kaliningrad hali koronavirus infeksiyasi tarqalmay turib muammolarga ega bo`lgan. Ayni vaqtda esa har bir shifoxonada koronavirusga chalingan shifokorlar mavjud.

Eslatib o`tamiz, ayni vaqtga qadar Rossiyada koronavirus infeksiyasidan 70 shifokor vafot edi. Epidemiolog Nikolay Brikoning tasdiqlashicha, kasallikka chalinayotgan shifokorlar soni kun o`tgani sari oshib bormoqda. Kechaning o`zida Rossiyada 10581 kishida koronavirus aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar