Rossiya prezidenti Putin Kim Chen Inni medal bilan taqdirladi.
KXDR rahbari Kim Chen In “1941-1945 yillardagi Ulug` Vatan urushidagi G`alabaning 75 yilligi” yubiley medali bilan taqdirlangani haqidagi xabarni KXDRdagi Rossiya elchixonasi Facebook`dagi sahifasida ma`lum qildi.
Kim Chen In “Rossiya Federasiyasi Prezidentining farmoniga binoan KXDR Davlat Kengashi Raisi Shimoliy Koreya hududida vafot etgan va dafn etilgan Sovet fuqarolarining xotirasini abadiylashtirishga qo`shgan katta hissasi uchun taqdirlangan.
Kim Chen Inga “1941-1945 yillardagi Ulug` Vatan urushidagi G`alabaning 75 yilligi” yubiley medali taqdim etildi", deyiladi elchixona xabarida.

Ma`lum qilinishicha, Rossiyaning KXDRdagi elchisi Aleksandr Metsegora medalni KXDR tashqi ishlar vaziri Li Song Gvonga topshirgan. So`ngra Rossiya-KXDR o`rtasidagi aloqalar haqida suhbatlashilgan.

