Koreya Respublikasida yaqin sharq respirator sindromi koronavirusidan yana bir kishi vafot etdi, deya xabar beradi TASS.
Shu tarzda, ushbu kasallik oqibatida halok bo`lganlar soni mamlakatda 24 kishiga etdi. Kasallanganlarning umumiy soni 166 kishiga etdi.
Mamlakat hududida ilk kasallanish holati 20 may kuni qayd etildi. Mazkur virusni mamlakatga Yaqin Sharq safaridan qaytgan Koreya Respublikasi fuqarosi olib kirgan.
Ilk bor mazkur virus odamda 2012 yilda Saudiya Arabistonida qayd etilgan. Infeksiya tarqalishi shuningdek Iordaniya, Qatar, BAA, Tunis, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya hamda Fransiyaga ta`sir qildi, ushbu mamlakatlarda hozirgacha 1,1 ming yuqtirish holati qayd etilgan, 40% holatlar o`lim bilan nihoyasiga etgan.