Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyaci universitetining 21 yoshli talabasi namanganlik Marat Duseevning jasadi ta`lim muassasasining yotoqxonasidan jonsiz holda topildi. Bu haqda «Gazeta.uz» nashri xabar bermoqda.
Maratning pichoqlangan jasadi 15 iyun kuni uning hamxonasi tomonidan topilgan. Hozircha voqea haqida rasmiy xabar berilgani yo`q.
Marat universitetning a`lochi talabalaridan biri bo`lgan. U «Namangan haqiqati», «Novosti Uzbekistana» gazetalari va ba`zi internet-nashrlari bilan ijodiy hamkorlik qilgan.
Nashrda keltirilishicha, Marat 17 iyun kuni Namanganda dafn etildi. O`lim holati bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilgan.





