AsosiyDunyo

Quyoshda yuqori darajadagi chaqnash yuz berdi

20 iyun kuni Quyoshda M1 turkumidagi chaqnash yuz berdi.

Quyosh faolligini kuzatish davri shuni ko`rsatdiki, diskdagi dog`larning bir guruhi kattalashgan. 20 iyun kuni ushbu guruhda 41 daqiqa davom etgan M1.0/1F turkumidagi hamda ikkita S turkumidagi chaqnash yuz bergan.

Kosmik ob-havo bashoratida 22-23 iyun kunlari portlash faolligi me`yorda bo`ladi. X turkumidagi portlashlarning ham u qadar katta bo`lmagan, protonli ehtimoli mavjud. Geomagnit maydoni ushbu kunlarda noturg`un bo`lishi mumkin.

Eslatib o`tamiz, rentgen nurlariga qarab quyosh portlashlari beshta rusumga bo`linadi: A, B, C, M va X. Har bir keyingi harf quyosh "portlashining" o`n marta kattalashishini anglatadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar