1

Karantinda uzoq o`tirish salomatlikka zararmi?

Salomatlik 06.05.2020, 15:46
Karantinda uzoq o`tirish salomatlikka zararmi?

"Karantinda uzoq o`tirish salomatlikka zarar, eng avvalo immunitet susayishiga olib keladi", deyishmoqda. Karantinning foyda va zarari haqida nimalar deya olasiz?

Ushbu savolga bugun AOKA shtabida o`tkazilgan brifingda Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Xabibulla Oqilov javob berdi.

Karantin — bu albatta oson bo`lmagan jarayon. Uning eng asosiy foydasi — kasallikni yuqtirmaslik va tarqalmasligi.

 Zarari — kamharakatlik albatta imunitetning susayishiga olib kelishi aniq.

Shuning uchun shifokorlarimiz valeologiyaning asosiy tamoyillariga rioya qilishni tavsiya etishadi:

  •  hovli yoki xonadon ichida jismoniy faollik, badantarbiya,

 

  • joyida turib yugirish,

 

  • "trenajor"lardan foydalanish,

 

  • xonani tez-tez shamollatib turish.

 

  • Eng asosiysi — to`g`ri ovqatlanish.

 

Kam kaloriyaga ega va vitaminlargan boy ovqatlarni tanovul qilish maqsadga muofiqdir. Immunitetni ko`tarish uchun mahalliy tabiiy o`simlik dori vositaliridan iste`mol qilib turish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1