AsosiyDunyo

Hindistonda halokatga uchragan samolyot bortida 244 kishi bo‘lgan- OAV

Kamida 110 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

'Hindistonda halokatga uchragan samolyot bortida 244 kishi bo‘lgan- OAV'ning rasmi

Hindistonda halokatga uchragan samolyot bortida 244 kishi bo‘lgan - OAV. Bu haqda Reuters xabar berdi.

News 18 telekanaliga ko‘ra , kamida 40 kishi halok bo‘lgan.

Hindistonda halokatga uchragan samolyot bortida 169 nafar Hindiston fuqarosi, 53 nafar britaniyalik, yetti nafar portugaliyalik va bir nafar kanadalik bo‘lgan. Yo‘lovchilarning 11 nafar bolalar edi.

Mahalliy hokimiyatning  xabar qilishicha, AirIndia samolyoti shifokorlar yotoqxonasiga qulagan.

Bu 2011 yilda tijoriy parvozlarni amalga oshira boshlagan Boeing 787 Dreamliner samolyotining birinchi halokatidir.

Halokatga uchragan, ro‘yxatga olish raqami VT-ANB bo‘lgan laynerdan 11 yil davomida foydalanilgan.

Mahalliy TimesNow telekanali Gujarot shtatidagi aviahalokat oqibatida kamida 110 kishi halok bo‘lganini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq samolyot Axmadoboddan London shahriga reysni amalga oshirayotgani va uning bortida 133 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.

    Boshqa yangiliklar