AsosiyJamiyat

ChatGPT'dan diniy savollarga javob olsa bo‘ladimi?

Musulmonlar idorasi ushbu savolga javob berdi.

'ChatGPT'dan diniy savollarga javob olsa bo‘ladimi?'ning rasmi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Fatvo markazi ChatGPT'dan diniy savollarga javob olish joizmi, savoliga javob berdi. 

Berilgan javobga ko‘ra, sun’iy intellekt vositalaridan, jumladan, ChatGPT kabi platformalardan diniy savollarga javob olish amaliyoti shar’iy jihatdan joiz emas. Fatvo markazi bu boradagi e’tiborli jihatlarni alohida ta’kidlab o‘tgan.

Xususan, ChatGPT kabi sun’iy intellekt tizimlari ayrim texnik va umumiy sohalarda ma’lumot berishda foydali bo‘lishi mumkin. Biroq diniy masalalar noziklik va mutaxassislikni talab qilgani bois, bu kabi platformalarning javoblariga suyanish noto‘g‘ri talqinlar va xatolarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.

Qayd etilishicha, ba’zan bu kabi tizimlar diniy savollarga taxminiy javoblar berishi, ayrim hollarda esa, mavjud bo‘lmagan fiqhiy manbalarni yoki asarlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlarni keltirishi mumkin. Shuning uchun bunday savollarni faqat shu sohaning bilimdonlari — ya’ni, ishonchli ulamolar va diniy mutaxassislar orqali hal etish zarur ekani alohida ta’kidlangan.

Shu bois Fatvo markazi diniy masalalarda sun’iy intellektga emas, balki malakali ulamolar va mutaxassislarga murojaat etishni qat’iy tavsiya etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31