AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 erkak tanishini bo‘g‘ib, o‘ldirdi

Janjalga fuqarolar o‘rtasidagi qarz sabab bo‘lgan.

'Toshkentda 2 erkak tanishini bo‘g‘ib, o‘ldirdi'ning rasmi

Toshkentda 2 erkak tanishini bo‘g‘ib, o‘ldirdi. Bu haqda MIllar dasturida xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilar 1986 va 1981 yilda tug‘ilgan. Janjalga fuqarolar o‘rtasidagi qarz sabab bo‘lgan. Sudlanuvchi jabrlanuvchidan qarz olib, uni vaqtida qaytarib bermaydi. Oqibatda sudlanuvchi tanishi bilan birga jabrlanuvchini o‘ldirish rejasini tuzadi.

“Men marhumni umuman tanimas edim. Faqat hamkasbim bilan urishganligi uchun o‘rtasiga qo‘shildim. Jabrlanuvchi sherigimdan “14 500 AQSH dollari berishing bor, bugun bergin”,- deb so‘radi. Keyin sherigimga “2 kun muhlat ber. Bitta joydan pul kelishi bilan qaytaraman”,- dedi. So‘ngra sherigim bilan so‘kishib ketishdi”,- deydi sudlanuvchilardan biri.

Aniqlanishicha, fuqarolar marhumni o‘ldirgandan so‘ng jasadni Matiz avtomobiliga ortishadi. 1-sudlanuvchi aybini yashirish uchun marhumni qayerda ekanligini bilsa-da, uni oilasiga qo‘shilib, birgalikda izlaydi. 2-sudlanuvchi esa marhumni mashinada bir necha soat olib yurib, uni xilvat joyga tashlab ketadi.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi fuqarolar JKning 97-moddasi 2-qismi “v”, “i”, “p” bandlari, 168-moddasi 4- qismi “a” bandi, 169-moddasi 3 qismi “a” bandi, 267-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ularga nisbatan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31